Loyiha haqida
YangiLotin — SmartX jamoasi ishlab chiqqan, Microsoft Word va Excel'ga o'rnatiladigan qo'shimcha dastur. U hujjatlarni kirill, eski lotin (1995) va yangi lotin (O'RQ-1184) yozuvlari o'rtasida bir bosishda o'giradi hamda o'zbek tilidagi imlo xatolarini yozish paytida ko'rsatadi. Barcha ishlov kompyuterning o'zida bajariladi — hujjatlar internetga yuborilmaydi.
Imkoniyatlar
- Hammasini yangi lotinga — kirill va eski lotindagi aralash matnni bir bosishda yangi lotinga o'giradi.
- Har bir yo'nalish uchun alohida tugma — Kirill ↔ Lotin, Eski lotin → Yangi; tanlangan matn, paragraf, jadval yoki butun hujjat uchun.
- Jonli o'girish (Word) — kirill yoki eski lotinda yozilgan so'z bo'sh joy bosilishi bilan yangi lotinga o'tadi.
- Imlo tekshiruvi (Word) — xato so'z qizil to'lqinli chiziq bilan belgilanadi, o'ng tugmada to'g'ri variantlar chiqadi; barcha xatolarni bir bosishda tuzatish mumkin.
- Avtomatik tuzatish — Uzbekiston → O'zbekiston, malumot → ma'lumot kabi keng tarqalgan xatolar o'zi tuzaladi.
- Bank va moliya lug'ati — soha atamalari imlo lug'atiga qo'shilgan.
- Himoya — ruscha va inglizcha gaplar, ism-familiyalar, URL, e-mail va Excel formulalari o'zgarmaydi.
- Bekor qilish — har bir o'girish Ctrl+Z bilan qaytariladi.
Kimlar uchun
Yangi alifboga o'tayotgan, hujjat aylanishi katta tashkilotlar: banklar va moliya tashkilotlari, davlat idoralari va hokimliklar, korxonalar, ta'lim muassasalari va nashriyotlar.
O'rnatish
Dastur bitta MSI fayl ko'rinishida tarqatiladi. Uni bitta kompyuterga oddiy o'rnatish yoki Active Directory (Group Policy), SCCM/Intune orqali yuzlab va minglab kompyuterlarga markazlashgan holda jim rejimda o'rnatish mumkin.
Tizim talablari
- Windows 10 yoki Windows 11 (64-bit)
- Microsoft 365, Office 2016, 2019, 2021, 2024 (32 va 64-bit)
- .NET Framework 4.8
- Internet kerak emas — dastur to'liq oflayn ishlaydi
Sinov versiyasi
Sinov versiyasi va o'rnatish qo'llanmasini olish uchun biz bilan bog'laning.
