06.10.2026

Yangi saytimiz ishga tushdi: xizmatlar, loyihalar va vakansiyalar bir joyda

Yangi saytimiz ishga tushdi: xizmatlar, loyihalar va vakansiyalar bir joyda

SmartX haqidagi barcha ma'lumot endi bitta saytda: xizmatlar, loyihalar, jamoa va vakansiyalar. Rezyumeni onlayn yuboring yoki bepul konsultatsiyaga ariza qoldiring.

Biz yangi saytimizni ishga tushirdik. Uni kompaniya bilan tanishish, kerakli xizmatni tanlash va biz bilan bog'lanishni oson qilish uchun yaratdik. Sayt o'zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Saytda nimalar bor

  • Xizmatlar — veb va mobil dasturlash, CRM/ERP, sun'iy intellekt, UI/UX dizayn, integratsiyalar, texnik topshiriq va IT-audit hamda HR-ONE platformasi.
  • Loyihalar — o'z mahsulotimiz HR-ONE: qanday vazifa turgani va u qanday hal qilingani.
  • Jamoa — loyihalar ustida ishlaydigan mutaxassislar.
  • Vakansiyalar — ochiq lavozimlar; rezyumeni to'g'ridan-to'g'ri saytda yuborish mumkin.
  • Aloqa formasi — vazifangizni yozing, mutaxassisimiz 1 ish kuni ichida siz bilan bog'lanadi va uni bepul ko'rib chiqadi.

Yangi loyihalar, vakansiyalar va kompaniya yangiliklarini shu bo'limda e'lon qilib boramiz.

Orqaga